AI Sotuvchi Demo so'rash

Toshkentda hozir . AI sotuvchi javob beryapti.

Siz uxlaysiz.
Savdo uxlamaydi.

AI sotuvchi Telegram akkauntingizda mijozga soniyalarda javob beradi, narxni katalogdan aytadi va buyurtmani o'zi rasmiylashtiradi. Kechasi ham, bayramda ham.

  • Bepul
  • Majburiyatsiz
  • Jonli ko'rsatamiz
Narxi qancha?46 razmer bormi?Toshkentga yetkazasizmi?Сколько стоит?Rasmini tashlangSkidka bormi?Qachon keladi?Есть доставка?Kartaga to'lasa bo'ladimi?Bu rangdan bormi?

Mijoz 23:40 da yozdi: "Bu ko'ylak qancha?" Siz uxlayotgan edingiz. Javob ertalab 09:15 da ketdi. U allaqachon boshqa do'kondan olib bo'lgan edi.

Mijozlar haftasiga 168 soat yozadi

Eng yaxshi sotuvchi ham kuniga 9 soat, haftasiga 6 kun ishlaydi. Qolgan vaqtda kelgan xabarlar kutib turadi, mijoz esa kutmaydi.

Sotuvchi ishlaydi
0 soat
Javobsiz qoladi
0 soat
AI sotuvchi
0 soat

Har oy qancha pul yo'qotyapsiz?

O'z raqamlaringizni kiriting. Hisob shu sahifada, hech qayerga yuborilmaydi.

Har oy boshqa do'konlarga ketayotgan pul 9 000 000 so'm Bu yiliga 108 000 000 so'm Bu pulni qaytarish Taxminiy hisob: xabarlar × kech javob ulushi × sotib olish ulushi × o'rtacha summa × 30 kun.

Bitta buyurtmaning yo'li

Siz uxlayotganingizda nima bo'ladi. Pastga aylantiring.

  1. Mijoz yozadi

    Siz uxlayapsiz. Xabar odatdagidek akkauntingizga keladi va AI uni darhol o'qiydi.

  2. Javob katalogdan olinadi

    AI narx va razmerni eslab qolmaydi, har safar katalogingizdan oladi. Shuning uchun adashmaydi.

  3. Buyurtma yaratiladi

    Summani tizim hisoblaydi, AI emas. Buyurtma panelda paydo bo'ladi.

  4. Chek guruhingizga tushadi

    Mijoz chek yuboradi. U buyurtmaga biriktirilib, xodimlar guruhining To'lovlar mavzusiga tushadi.

  5. Siz bir tugma bosasiz

    Pul kelganini ko'rib tasdiqlaysiz. AI mijozdan manzilni so'rab, suhbatni o'zi davom ettiradi.

Narxni o'ylab topmaydi. Tekshirib ko'ring.

AI chiroyli gapiradi, lekin narx, qoldiq, chegirma va yetkazib berish shartlarini faqat bazangizdan oladi. Bazada javob bo'lmasa, taxmin qilmaydi: savolni sizga beradi.

Savollardan birini bosing va javob qayerdan olinganini ko'ring.

Assalomu alaykum! Nafis Libos do'koni. Nima qiziqtiradi?

Ulanish uch qadam

Hammasini o'zimiz sozlaymiz. Sizdan faqat katalog kerak.

Ulanish haqida yozish
  1. Akkauntingizga ulaymiz

    Telegram Business orqali. Mijozlar avvalgidek sizning akkauntingizga yozaveradi.

  2. Katalogni kiritamiz

    Mahsulotlar, narxlar, razmerlar, rasmlar, to'plamlar va yetkazib berish shartlari.

  3. Guruhingizni ulaymiz

    Cheklar va qiyin savollar xodimlar guruhiga tushadi. Shu bilan AI sotishni boshlaydi.

Ko'p beriladigan savollar

Telegram Premium kerakmi?

Ha. AI sizning odatdagi akkauntingizda Telegram Business orqali ishlaydi, Telegram Business esa Premium obunasi bilan ochiladi. Mijozlaringizga hech narsa kerak emas.

AI qaysi tillarda gaplashadi?

O'zbek va rus tillarida. Mijoz qaysi tilda yozsa, o'sha tilda javob beradi.

AI xato narx aytib qo'ysa-chi?

Aytolmaydi. Narx, razmer, qoldiq va chegirma faqat sizning katalogingizdan olinadi, buyurtma summasi serverda hisoblanadi. Katalogda javob bo'lmasa, AI taxmin qilmaydi va savolni sizga beradi.

To'lovni kim tasdiqlaydi?

Siz. Mijoz yuborgan chek buyurtmaga biriktirilib xodimlar guruhingizga tushadi, siz bir tugma bilan tasdiqlaysiz. Shundan keyin AI yetkazib berish manzilini so'raydi.

Instagram va Facebook bilan ishlaydimi?

Hozir Telegram bilan ishlaydi. Instagram va Facebook ulanishi tayyorlanmoqda, ular ham xuddi shu panel va guruhga ulanadi.

Narxi qancha?

Mahsulotlar soni va xabarlar hajmiga bog'liq. Telegramda yozing, do'koningiz uchun aniq narxni aytamiz.

Bugun kechasi ham kimdir yozadi

Unga kim javob berishini hal qiling. Telegramda yozing, AI sotuvchini jonli ko'rsatamiz. Bepul.

Telegramda demo so'rash
Telegramda bepul demo so'rash